Biz “Yangi O‘zbekiston” tomon shiddat bilan ildamlab ketmoqdamiz. Biroq bizni hamon “eski”sining qoldiqlari qurshab turibdi. Shiorlar, temir panjaralar, archalar, valyuta ayirboshlovchilar, “gazondan yurmang belgilari” va boshqa qoldiqlar — “Gazeta.uz” fotoreportajida.
O‘zbekiston — shiorlar mamlakati. Ular butun hayotimiz davomida hamrohlik qiladi. Biz ularni sezmasligimiz va ma’nosi haqida fikr yuritib ko‘rmasligimiz mumkin, lekin ular, xohlaymizmi yoki yo‘q, hammaning xotirasida muhrlangan. «Gazeta.uz» jurnalistlari mamlakatning turli nuqtalaridagi shiorlarni to‘pladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting